
09.12.2021
Oʻzbekiston Isteʼmolchilar xuquqlarini ximoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 1091 ishonch telefoni orqali Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanida yashovchi fuqaro N.Asqarova tomonidan yozma murojaat kelib tushdi.
Murojaatda aytilishicha, isteʼmolchi N.Asqarova “Sardor Qurilish Sanoat” MCHJ bilan muddatli toʻlov evaziga xonadon sotib olish maqsadida shartnoma imzolagan va boshlangʻich toʻlov sifatida boshlangʻich toʻlov yaʼni 16 000 000 (oʻn olti million) soʻm mablagʻ toʻlov qilgan, ammo uy sifatsiz ekanligi uchun toʻlangan mablagʻini ololmayotgani aytib oʻtgan.
Murojaat oʻrganilishi natijasida, 16 000 000 (oʻn olti million) soʻm mablagʻ isteʼmolchi foydasiga undirib berilishiga erishildi.