
28.07.2023
Namangan viloyati, Namangan tumani “Beshkapa” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro T. D tomonidan murojaat kelib tushdi. Murojaatga ko‘ra fuqaro T. D joriy yilning aprel oyida Namangan shahrida joylashgan “Isfarxon” savdo do‘konidan elektr velosiped xarid qilgan. Ma`lumki, elektr velosipedlarning qulaylik tarafi uni elektr tarmoqlari orqali zaryadlab uzoq masofaga harakatlanish imkonini beradi. Shu sabab bu kabi velosipedlar oddiy velosipedlardan narx borasida bir muncha farq qiladi. Ammo iste`molchi sotib olgan elektr velosiped hech qancha vaqt o`tmay quvvat saqlash qismida nosozlik kuzatiladi. Gap shundaki to`liq quvvat bilan 20 yoki 30 km masofaga harakatlanishi lozim bo`lgan velosiped quvvati 1 km masofaga ham yetmay qoladi. Fuqaro mazkur holatdan shikoyat qilib velosiped xarid qilingan do`konga borganida, do`kon sotuvchisi mahsulot boshqarilgan deb qaytarib olishdan shuningdek yangi quvvat saqlagichga almashtirib berishdan bosh tortgan.
Murojaatga asosan Namangan shahar IHHQJ ijro etuvchi apparati xodimlari tomonidan vaziyat o‘rganildi. Jamiyat xodimlari bevosita savdo do‘koni rahbari va sotuvchisiga qonun mohiyati bo‘yicha tushuntirishlar berdi. Shundan so`ng, do‘kondan 24.07.2023-yil kuni isteʼmolchi X. Dning foydasiga velosiped uchun qiymati 1.700.000 (bir million yetti yuz ming) so‘mni tashkil qiladigan yangi quvvat saqlagich o‘rnatishga erishildi. Isteʼmolchi jamiyatga o‘z minnatdorchiligini yozma ravishda qoldirdi.