Telegram-bot Virtual qabulxona

28.08.2023

4 290 000 so‘mlik telefon nosozligi sabab yangisiga almashtirib berildi

2023-yil 10-avgust kuni Navoiy viloyati Karmana tumani U.Nosirov ko‘chasi 25-uyda yashovchi fuqaro B.N. O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga og‘zaki murojaat qilib, unda Navoiy shahrida joylashgan savdo do‘konidan kafolat muddati bilan 4 290 000 so‘mga sotib olgan “Redmi note 12 pro” rusumli telefoni 1 oy muddat ichida  nosoz holga kelib qolganligi va savdo do‘koni mutasadilari tomonidan norozichiligiga sababchi bo‘lgan holatlar bartaraf etilmaganligi sababli ushbu masalada amaliy yordam so‘ragan.     

Murojaat Navoiy shahar jamiyatining murojaatlar daftariga qayd qilinib, qisqa fursat ichida jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqilganda, holat iste`molchi murojaatida keltirganidek  ekanligi ma`lum bo`ldi.

Shundan so‘ng savdo do‘koni rahbariga  fuqaro B.N.ning iste'molchi sifatida huquqlari jamiyat mutaxassislari tomonidan tushuntirildi va nosoz chiqqan telefon yangisiga almashtirib berilishida amaliy yordam ko‘rsatildi


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00