Telegram-bot Virtual qabulxona

05.03.2024

Nosoz skuter maishiy texnika vositalarga almashtirib berildi

Gʻuzor tumani Mirishkor qishlogʻida yashovchi fuqaro Sh.A. tumandagi “Relaible invest” MChJga qarashli “Garant” maishiy texnikalar savdo doʻkonidan 2023-yilning 12-oktyabr kunida bir yil muddatga boʻlib toʻlash sharti bilan 7 million 688 ming soʻmga elektroskuter sotib olgan. Sotuvchi skuterga bir yil kafolat muddati belgilab, unda nuqsonlar aniqlangan taqdirda, bepul bartaraf etishni oʻz zimmasiga olgan. Biroq oradan toʻrt oy vaqt oʻtib, skuterda turli nosozliklar kuzatilgan va umuman ishlamay qolgan. Sotuvchi esa oʻzining kafillik majburiyatlarini bajarishni istamay, nosoz holdagi texnikani almashtirib berishni paysalga solgan.

Fuqaroning bu haqda Oʻzbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasining ishonch telefoni orqali qilgan murojaati oʻrganildi. Sotuvchiga Oʻzbekiston Respublikasi “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining tegishli bandlari talablari tushuntirildi va nosoz mahsulot sotuvchiga qaytarilib, iste'molchining tanloviga koʻra, uning narxiga mutanosib ravishda boshqa maishiy texnika vositalari olib berilishi ta'minlandi.

Ma'lumot uchun, amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq, iste'molchining roziligi bilan sotuvchi nuqsonli tovarni boshqa markali (modelli, artikulli) tovarga almashtirib berishi mumkin.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00