Telegram-bot Virtual qabulxona

03.05.2024

Dori vositasi uchun to'langan 7 million so'm mablag' iste'molchiga qaytarildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasiga Navoiy viloyati Navbahor tumani “G‘ujbog‘tepa” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro J.Sh. tomonidan yo‘llangan murojaat tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o'rganildi.

Keltirilishicha, iste'molchi “Gano shifo” kompaniyasidan umurtqa churrasi kasalligiga malham sifatida 7 million so‘mga dori vositasi sotib olgan. Ammo ushbu mahsulot samara bermagan, aksincha sog‘ligiga yomon ta'sir ko‘rsatgan. Shu sababli, ushbu kompaniyadan to‘lagan mablag‘ini qaytarib olishda amaliy yordam so‘ragan.

Navbahor tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan xizmat ko‘rsatuvchiga majburiyatlari, shuningdek, iste'molchining haq-huquqlari, amaldagi qonunchilik talablari batafsil tushuntirildi. Kompaniya filiali xodimlari bilan Mamlakatimizdagi amaldagi qonunchilik talablari doirasida olib borilgan muzokaralar, tushuntirishlar natijasida, iste'molchining talablari qanoatlantirildi — mahsulot uchun to‘langan 7 million so‘m pul mablag‘i fuqaroga olib berildi.

Shu o‘rinda, fuqarolarimizga doktor tavsiyasisiz hech bir dorixonalardan va turli xil shifo kompaniyalaridan dori vositalarini sotib olmasliklarini tavsiya etamiz.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00