
28.06.2024
Qoraqalpog'iston Respublikasi Amudaryo tumanida yashovchi fuqaro G.R. iyun oyida Jahongir savdo do'konidan 1 000 000 so'm boshlang'ich to'lovni amalga oshirib, qolgan pulini 7 oyga bo'lib to'lash sharti bilan "Artel" havo sovutgichini sotib oladi. Ammo unda nosozliklar aniqlanadi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Amudaryo tuman jamiyati tomonidan ushbu murojaat atroflicha o'rganilib chiqiladi va fuqaroning iste'molchi sifatida huquqlari tiklanib, unga to'lov qilgan puli to'liq qaytarib berildi.