
20.10.2023
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Davlatobod tuman ijro etuvchi apparatiga Namangan shahar "Mingchinor" MFYda yashovchi fuqaro A.R.dan og‘zaki murojaat kelib tushgan.
Unga ko'ra, fuqaro Namangan shahridagi “Isfarxon” savdo komleksida joylashgan do‘konlarning biridan muddatli to‘lov asosida 9 580 000 so‘mlik yugurish yo'lakchasi xarid qilgan. Ammo ushbu tovarning boshqa do'konlardagi narxi bilan solishtirganda, 1 million so'm qimmatga sotib olganini bilib qolgan va jamiyatdan ortiqcha to'lagan pul mablag'ini qaytarib olishda amaliy yordam so‘ragan.
Ijro etuvchi apparat xodimlari holatni o'rganishganida shartnoma yugurish yo'lakchasiga tuzilishi lozim bo‘lsa-da, shartnoma tuzuvchi xodim aybi bilan uyali aloqa telefoni qayd etilgani sababli anglashilmovchilik yuzaga kelgani aniqlandi. Natijada, iste'molchining 1 million so'm mablag'i to'liq qaytarib berildi.