Telegram-bot Virtual qabulxona

13.11.2023

"UzIMEI" ro'yxatidan o'tkazilmagan telefon puli qaytarildi

Iste’molchilar tomonidan xarid qilinadigan har bir uyali aloqa vositasi "UzIMEI" ro‘yxatidan o‘tishi zarur. Ro‘yxatga olinmagan qurilmani sotish noqonuniy hisoblanadi.

Olot tumanida yashovchi fuqaro R.N. ham 1 350 000 so‘m evaziga tumanda joylashgan mobil qurilmalar savdo do‘konidan "Smart" rusumli telefon xarid qilgan. Ammo ro‘yxatdan o‘tkazilmagani ma'lum bo'lgach, sotuvchiga shikoyat qilgan. Iste'molchi muammosi ijobiy hal etilmagach, Buxoro viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasiga murojaat qilgan.

Holat Olot tuman jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganilishi natijasida, murojaatchi shikoyati o‘z tasdig‘ini topdi. Tadbirkorga qonuniy tushuntirishlar berilgach, ro‘yxatdan o‘tmagan telefon uchun to‘langan pul mablag'i iste’molchiga to‘liq qaytarib olib berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00