24.03.2023
Buxoro viloyati Buxoro shahri B.Naqshband ko‘chasida yashovchi fuqaro M.O. Buxoro shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Unga ko'ra, fuqaro 1 yil oldin Buxoro shahridagi eshik tayyorlovchi ustaga 2 500 dollarga MDF eshiklarini buyurtma qilgan. Eshiklar tayyor bo'lgach, fuqaroning uyiga olib kelinganda ularning sifatsiz ekani ma'lum bo'lgan, ammo tadbirkor 1 yildan beri o'zini paysalga solib, eshiklarni almashtirib bermagan.
Murojaat shahar jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganilib, tadbirkorga amaldagi qonun hujjatlari talablari yuzasidan tegishli tushuntirish ishlari olib borilgandan so‘ng, murojaatchi roziligi bilan MDF eshiklari ta’mirlab, fuqaro xonadoniga o'rnatib berildi.