Telegram-bot Virtual qabulxona

24.08.2022

ARZONLASHTIRILGAN YARMARKALAR FAOLIYATI O`RGANILDI

     Mustaqilligimizning 31 yilligini nishonlanash arafasidamiz. Bu esa o`z navbatida aholi o`rtasida oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi mahsulotlariga bo`lgan talabni oshishiga sabab bo`ladi. Shuningdek, ta’lim muassasalarida navbatdagi o`quv yili boshlanaishi arafasida tabiiyki kiyim -kechak va o`quv qurollariga bo`lgan ehtiyoj ham kuchayadi. Ana shunday davrda narx – navo ayrim “Uchar” tadbirkorlar tamonidan su’iy oshirilishining oldini olish maqsadida O`zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Federasiya raisi J.Sarimsoqov Xorazm viloyati Urganch shahrida tashkil etilgan oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi mahsulotlari va maktab bozori yarmarkasidagi narx-navo va iste’molchilarga yaratilgan sharoit bilan yaqindan tanishdi.

Yarmarka viloyatning barcha hududlarida yetishtirilgan sarhil mevalar, dala va poliz mahsulotlari, non, go`sht, sut va tuxum kabi aholi iste’moli uchun zarur mahsulotlar bilan ta’minlangan. Qo`shimcha ravishda yirik importyorlar biriktirilib, o`simlik yog`i va shakar mahsulotlari arzon narxlarda sotilishi yo`lga qo`yilgan.

   Zero, xalqimizning eng aziz, eng ulug` ayyomi – mustaqillik bayrami munosabati bilan tashkil etilgan arzonlashtirilgan qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari hamda “Maktab bozori” savdo yarmarkalari aholiga qulaylik yaratish bilan birga, ularning turmush farovonligini oshirish, xalqimiz dasturxoni to`kinligini ta’minlashga xizmat qiladi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00