Telegram-bot Virtual qabulxona

12.06.2023

"Chery" avtomobili o'z egasiga yetkazildi

Surxondaryo viloyat iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasiga Termiz tumani "Manguzar" MFYda yashovchi A.F. tomonidan murojaat kelib tushgan.

Unga ko'ra, fuqaro 2023-yil 14-fevral kuni “Chery” rusumli avtomashina sotib olish uchun “ADM Jizzakh” MCHJ bilan shartnoma tuzgan va 331 900 000 so‘m to'lovni amalga oshirgan. Shartnoma shartlariga ko‘ra, avtomobil shu yilning 15-may kuniga qadar yetkazilishi belgilangan bo`lsa-da, mashinadan hech qanday darak bo'lmagan.

Holat bo'yicha hududiy birlashma xodimlari tomonidan o'rganish ishlari olib borilib, MCHJ tomonidan “Chery” rusumli avtomobil qisqa muddatda iste'molchiga yetkazib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00