10.05.2024
Navoiy viloyati Karmana tumani "Narpay" MFYda yashovchi fuqoro S.X. sotib olgan kir yuvish mashinasi nosoz holatga kelib qolganligi, servis markazi esa uzoq vaqtdan buyon ta'mirlab bermayotganligi sababli norozilik bildirib, ushbu masalada amaliy yordam so'ragan.
Murojaat tegishliligi bo'yicha Navoiy shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o'rganildi. O'rganish davomida servis markazi mutasaddilari bilan bog'lanib, fuqoroning iste'molchi sifatidagi huquqlari, amaldagi qonunchilik talablari tushuntirib o'tildi. Natijada, nosoz kir yuvish mashinasi bepul ta'mirlab berildi.