
23.06.2023
Angor tuman Ulug’bek mahallasida yashovchi fuqaro N.S. tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Unda ma’lum bo’lishicha, fuqaro Angor tuman tijorat bozorida joylashgan maishiy texnika do’konlarining biridan 1 200 000 so’mga “Samsung” rusumli televizor sotib olgan. Oradan 4 kun o'tgach, televizor nosoz holga kelib qolgan. Shundan so'ng, iste’molchi bu bo'yicha do’kon xodimlariga murojaat qilgan, ammo hech qanday natija bo'lmagan.
Ushbu holat jamiyat mutaxassislari tomonidan o’rganilib, do’kon ishchi xodimlariga tegishli tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada, do'kon ma'muriyati tomonidan 1 200 000 so’m murojaatchiga qaytarildi.