Telegram-bot Virtual qabulxona

04.03.2025

DIQQAT TANLOV!

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan “15-mart – Butun jahon iste’molchilar huquqlari kuni” munosabati bilan umumta’lim maktablarining 9-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Men yosh iste’molchiman” mavzusida "Eng yaxshi insholar"  tanlovini e'lon qiladi.

Tanlov 3 bosqichda tashkil etiladi:

1️⃣ Tuman (shahar) bosqichi — 12-martdan 25-martgacha;
2️⃣ Hududiy bosqich — 26-martdan 31-martgacha;
3️⃣ Respublika (final) bosqichi — aprel oyining birinchi o'n kunligida.

🏆 Tanlovning respublika bosqichi g'oliblari O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining I, II, III darajali diplomlari hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi; 

 

 “Men yosh iste’molchiman” mavzusidagi respublika

 insholar ko‘rik-tanlovining 

N I Z O M I

 

I. Umumiy qoidalar

 

1.1. Mazkur Nizom  maktab o‘quvchilari o‘rtasida yoshlarning iste’mol madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ular o‘rtasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga doir qonun hujjatlari targ‘ibotini tizimli olib borishga qaratilgan “Men yosh iste’molchiman” mavzusidagi respublika insholar ko‘rik-tanlovini (keyingi o‘rinlarda ko‘rik-tanlov deb yuritiladi) o‘tkazish tartibi va shartlarini belgilaydi.

 

  1. Ko‘rik-tanlovning maqsadi

2.1. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini har tomonlama rivojlantirish orqali ayniqsa yoshlarning iste’mol madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ular o‘rtasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga doir qonun hujjatlari targ‘ibotini tizimli olib borish, shuningdek yoshlarning iste’molchi sifatida bilim va ko‘nikmalarini oshirish, eng zukko va iqtidorli iste’molchilarni aniqlash va rag‘batlantirishdan iborat.

  1. Ko‘rik-tanlovni o‘tkazish tartibi va shartlari

 

    1. Ko‘rik-tanlov Respublika hududidagi maktab o‘quvchilari (9-10 sinf) o‘rtasida o‘tkaziladi.
    2. Ko‘rik-tanlov 3 (uch) bosqichda o‘tkaziladi:

 

I-bosqich: Tuman (shahar) bosqichi: tuman (shahar) hududidagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi va I, II hamda III o‘rinni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi.

Mazkur bosqich g‘oliblari Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tuman (shahar) jamiyatlarida tuzilgan tanlov materiallari (insholar)ni baholovchi komissiya a’zolari tomonidan aniqlanadi hamda eng yaxshi deb topilgan 3 ta ko‘rik-tanlov material (insholar)lari tanlov komissiyasining yig‘ilish bayonnomasi bilan rasmiylashtirilib tanlovning viloyat bosqichiga tavsiya etiladi.

 

II-bosqich: Hududiy bosqich: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida o‘tkaziladi va yuqori uchta o‘rin g‘oliblari aniqlanadi.

1- hamda 2-o‘rinni egallagan ko‘rik-tanlov ishtirokchilarining material (insho)lari tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.

Mazkur bosqich g‘oliblari Qoraqalpog‘iston Respublikasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy birlashmalarida tuzilgan tanlov materiallari (insholar)ni baholovchi komissiya a’zolari tomonidan aniqlanadi hamda eng yaxshi deb topilgan 2 ta ko‘rik-tanlov material (insholar)lari tanlov komissiyasining yig‘ilish bayonnomasi bilan rasmiylashtirilib tanlovning respublika bosqichiga tavsiya etiladi.

III-bosqich: final bosqichi: respublika miqyosida o‘tkaziladi va unda eng yuqori uchta o‘rin sohiblari aniqlanadi.

Mazkur bosqich g‘oliblari ko‘rik-tanlovning respublika bosqichi materiallari (insholar)ni baholovchi komissiya a’zolari (keyingi o‘rinlarda tanlov komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan aniqlanadi hamda ko‘rik-tanlov komissiyasining yig‘ilish bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.

    1. Ko‘rik-tanlov quyidagi muddatlard o‘tkaziladi:

ko‘rik-tanlovning birinchi – tuman (shahar) bosqichi 2025-yilning                       12 martidan 24-martigacha;

– ko‘rik-tanlovning ikkinchi – hududiy bosqichi 2025-yilning 26-martidan             31 martigacha;

– ko‘rik-tanlovning uchinchi – final bosqichi 2025-yil aprel oyining birinchi o‘n kunligida.

3.4. Ko‘rik-tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar:

– maktab o‘quvchisi bo‘lishi (9-10 sinflar)

– inshoni o‘zi mustaqil yozishi;

– ko‘rik-tanlov uchun taqdim qilgan material (insho)ga qo‘shimcha sifatida shaxsini tasdiqlovchi hujjat (guvohnoma yoki pasport nusxasi), o‘qish joyidan ma’lumotnoma, ikki dona rangli fotosurat taqdim qilinishi lozim.

3.5. Ko‘rik-tanlov uchun taqdim etiladigan material (insho)larga qo‘yiladigan talablar:

– insholar qo‘l yozma shaklda (o‘quvchining tanloviga asosan lotin yoki kirill alifbosida bo‘lishi, kompyuter texnikasi vositasida terilib, printerdan chiqarilgan insholar qabul qilinmaydi) topshirilishi;

– insho o‘zbek yoki rus tilida bo‘lishi;  

– inshoda iste’molchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, fuqarolarning iste’molchi sifatida huquq va burchlari, bugungi kunda                                                  O‘zbekistonda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida               davlatimiz tomonidan iste’molchilarni himoya qilishning kafolatlanish holati qay darajada ekanligi borasidagi fikr-mulohazalar aks etishi;

– insho yozish talablari,  uslubiy, imloviy, sarlavha tanlash mahorati, undagi mantiqiylik va e’tiborni jalb qila olish hususiyati; 

– insho uchun tanlangan mavzuga hayotiy yondashish, uni hayotiy sodda misollar bilan aniq va mantiqli qilib yoritib berish, mazmunli fikr-munosabat bildirish, ishtirokchining dunyoqarashi, fikrlash doirasi va xulosalar chiqarish qobiliyatlari;

– inshoning o‘ziga xosligi, boshqa insholardan ajratib turadigan jihatlari.

– ko‘chirmachilik (pliagiat) holatlariga yo‘l qo‘ymaslik.

3.6. Ko‘rik-tanlov uchun taqdim etiladigan material (insho)larda ko‘chirmachilik (pliagiat) holatlari aniqlangan vaziyatda mazkur material (insho) hamda uning muallifi tanlovdan chetlatiladi.

 

3.7. Ko‘rik-tanlov uchun taqdim etiladigan material(insho)lar tanlov komissiyasi tomonidan maksimal 100 balli mezonda baholanadi. Bunda har bir komissiya a’zosining tanlov materiali (insho)ga qo‘yadigan maksimal bahosi (umumiy maksimal baldan) komissiya a’zolari soni nisbatidan kelib chiqib belgilanadi.

 

3.8. Ko‘rik-tanlov ishtirokchisi:

– mazkur Nizom talablariga;

– jamiyatda shakllangan axloq-odob qoidalariga;

– ko‘rik-tanlov komissiyasining baholash yuzasidan chiqargan qarorlariga hurmat bilan yondoshishi shart.

 

  1. Tanlov g‘oliblarini rag‘batlantirish

 

4.1. Ko‘rik-tanlov g‘oliblari haqidagi ma’lumotlar va ularning material (insho)lari federatsiyaning rasmiy sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida hamda “Iste’mol madaniyati” gazetasida yoritiladi.

4.2.  Gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan ta’sis etilgan qimmatbaho sovg‘alar, faxriy yorliq va diplomlar bilan taqdirlanadi.

 

V.  Yakuniy qoidalar.

5.1. Ko‘rik-tanlov komissiyasi a’zolari tanlov shartlari bo‘yicha ishtirokchilarning material (insho)larini baholashda ijtimoiy adolat, tenglik, shaffoflik tamoyillariga amal qilishga majburdirlar. Ular tanlovga oid qarorlar chiqarishda mustaqildirlar va bu borada tashkilotchilar, ishtirokchilar va boshqa mansabdor shaxslarning xohish-istaklariga bog‘liq bo‘lmaydilar.

 

5.2. Ko‘rik-tanlov komissiyasi a’zolari kamida 5 kishidan iborat tarkibda shakllantiriladi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00