Telegram-bot Virtual qabulxona

27.03.2024

Sifatsiz tibbiy xizmat uchun to‘langan salkam 3 million so‘m pul mablag‘i iste'molchiga qaytarildi

Marg‘ilon shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan "Soybo‘yi" ko‘chasida yashovchi O. A. ning stomatolog shifokor tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy xizmat sifatidan norozi bo‘lib, to'lagan 2 900 000 so‘m mablag'ini qaytarib olishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati o‘rganildi.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, agar ijrochi shartnoma shartlarini ish (xizmat)ni yomonlashtirgan darajada jiddiy buzgan bo‘lsa, yoxud ishda (xizmatda) boshqa jiddiy nuqsonlarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, iste'molchi o‘z xohishiga ko‘ra nuqsonlar bepul bartaraf etilishini, bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat) bahosi nuqsonlarga mutanosib ravishda kamaytirilishini, xuddi shunday sifatli shu xildagi materialdan boshqa buyum bepul tayyorlab berilishini yoxud ishning takroran bajarilishini yoinki shartnoma bekor qilinib, ko‘rilgan zarar to‘liq qoplanishini talab qilishga haqli. Yuzaga kelgan holatda iste'molchi o‘z huquqidan foydalanib, shartnoma bekor qilinishini va ko‘rilgan zarar to‘liq qoplanishini talab qilmoqda. 

Olib borilgan o‘rganish ishlari davomida tibbiyot muassasasi rahbari hamda shifokor bilan uchrashildi, iste'molchi tomonidan bildirilgan vajlarni tasdiqlash maqsadida tibbiy mutaxassis ko‘rigidan o‘tkazildi. Natija iste'molchining haqligini tasdiqlagach, tibbiy xizmatlar uchun amalga oshirilgan 2 900 000 so‘m pul mablag‘i to‘liq qaytarilishiga erishildi. 

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00