Telegram-bot Virtual qabulxona

12.08.2021

“Umid lizing” nayranglari davom etmoqda

Bugun koʻpchilik “tadbirkor”lar yolgʻonchilikni oʻzlariga kasb qilib olgan. Ular fibirgarlik yoʻllari bilan koʻpchilik insonlarning sarson-u sargardon boʻlishlariga sabab boʻlmoqda.  Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga avtolizing kompaniyalaridan aziyat chekayotgan yurtdoshlarimiz tomonidan koʻplab murojaatlar kelib tushmoqda.
Ana shunday murojaatlardan biri Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida yashovchi fuqaro J.Yusupov (ismi oʻzgartirilgan) “Fargʻona shahar Sayilgoh koʻchasida joylashgan “Umid Avtolizing” MCHJ dan lizing orqali “Cobalt” rusumli avtoulov xarid qilish maqsadida shartnomaga asosan 46 831 000 (qiriq  olti million sakkiz yuz oʻttiz bir ming) soʻm miqdorida boshlangʻich toʻlovni amalga oshirgan boʻlsada avtomashina oʻz vaqtida fuqaroga yetkazilmagan, fuqaro bir necha marotaba murojaat qilgan boʻlsada hech qanday oʻzgarish boʻlmaganini aytib oʻtgan.
Mazkur murojaat, Federatsiyaning Fargʻona shahar jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganilishi natijasida Fuqarolik ishlari boʻyicha Toshkent shahar Shayxontoxur tumani Sudiga daʼvo arizasi kiritildi.
Sud jarayoni boshlanguniga qadar davogar va “Umid Avto Lizing” MCHJ oʻrtasidagi oʻzaro kelishuv natijasida ga 46 831 000 (qiriq  olti million sakkiz yuz oʻttiz bir ming) soʻm mablagʻ isteʼmolchi J.Yusupov (ismi oʻzgartirilgan)ning plastik kartasiga qaytarib berilishiga erishildi


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00