Telegram-bot Virtual qabulxona

31.07.2024

Salkam 2 million so'mlik nuqsonli televizor bepul ta'mirlandi

Koson tumanida yashovchi fuqaro A.B. tumandagi “Shoqul ota-Marjona” savdo doʻkonidan 1 million 700 ming soʻmga LG rusumli televizor xarid qiladi. Biroq mahsulotdan bir oy ham foydalanmasdan, unda nuqsonlar aniqlanadi va televizor umuman nosoz holga kelib qoladi. Sotuvchi esa iste'molchining mahsulotni boshqasiga almashtirish yoki bepul ta'mirlash haqidagi talablarini bajarmaydi.

Fuqaroning shu xususida Oʻzbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ishonch telefoni orqali qilgan murojaati oʻrganilib, sotuvchiga Oʻzbekiston Respublikasi “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan kafillik majburiyatlari tushuntirildi va nuqsonli mahsulot bepul ta'mirlab berilishi ta'minlandi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00