15.12.2021
Buxoro viloyati Buxoro shahar A.Jomiy koʻchasida yashovchi fuqaro D.Z tomonidan Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi ishonch telefoni orqali murojaat kelib tushgan.
Unda aytilishicha, isteʼmolchi joriy yilning noyabr oyida Buxoro shahar I.Sino koʻchasi 57-uyda joylashgan H.Raxmatov YATT ga qarashli “Texnomir” maishiy texnika doʻkonidan “ElektroLux” konditsionerini 7 806 000 soʻmga xarid qilgan, biroq, oradan bir hafta oʻtar oʻtmas turli nosozliklar yuzaga kelgan, bu borada tadbirkorga bir necha bor murojaat qilgan boʻlsada, hech qanday oʻzgarish boʻlmaganini aytib oʻtgan.
Mazkur murojaat oʻrganilishi natijasida, nosoz konditsioner tadbirkor tomonidan taʼmirlab berilishiga erishildi.