Telegram-bot Virtual qabulxona

25.02.2025

Salkam 6 yarim million so'mlik noreal qarzdorlik sud orqali bartaraf etildi

Boysun tuman “Poygaboshi” mahallasida yashovchi fuqaro A.A. tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qoldirgan.

Unda bayon etilishicha, fuqaro kommunal to'lovlarni o'z vaqtida to'lab kelayotgan bo'lsa-da, xonadoniga "Boysuntumangaz" gaz ta’minoti bo'limi tomonidan 6 388 739 so'm noreal qarzdorlik hisoblangan.

Tuman jamiyati xodimlari holatni to'liq o'rganib, fuqarolik ishlari bo'yicha Boysun tuman sudiga da'vo arizasi kiritdi. Sud qaroriga ko'ra, 6 388 739 so'm noreal qarzdorlik ise'molchi foydasiga hal qilinib, "BillingGaz" elektron dasturidan chiqarildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00