Telegram-bot Virtual qabulxona

04.04.2024

Mebel uchun to'langan 10 million so'mdan ortiq pul mablag'i iste'molchiga qaytarildi

Norin tumani "Katta Oqtovliq" mahallasida yashovchi fuqaro Q.D. tomonidan 2024-yil 1-aprel kuni Norin tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojat kelib tushgan.

Unga ko'ra, fuqaro Norin tumanida faoliyat yuritadigan tadbirkor M.M.dan 10 200 000 so'mga yotoqxona mebeli sotib olgan, ammo buyurtma qilgani emas, boshqa rangdagi mebel jo'natilganidan noroziligini bildirgan.

Murojaat Norin tuman jamiyati xodimlari tomonidan o'rganib chiqildi, shundan so'ng iste'molchiga mebel uchun amalga oshirgan to'lovi, ya'ni 10 200 000 so'm pul mablag'i to'liq shaklda olib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00