Telegram-bot Virtual qabulxona

24.05.2023

13 milliondan ortiq asossiz qarzdorlik bartaraf etildi

Namangan tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga 18-may kuni tumanning "Boʻston" mahallasida yashovchi S.F. tomonidan murojaat kelib tushgan.

Unga ko'ra, fuqoro 2021-yilda yangi yashash hovlisi uchun elektr hisoblagich oʻrnatish maqsadida Davlat xizmatlari markazi tomonidan "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Namangan tumani boʻlimiga ariza bergan. Isteʼmolchining ikki marotaba takroran bergan arizasi maʼsullarning masʼuliyatsizliklari oqibatida oʻrganib chiqilmagan va  ijro intizomiga rioya etilmagan. 2023-yil may oyida esa elektr tamogʻiga noqonuniy ulangani toʻgʻrisida dalolatnomaga asosan, fuqoro S.F. ga  13 567 050 soʻm jarima belgilangan.

Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan oʻrganilib, fuqoroning Davlat xizmatlari markazi orqali bergan arizalariga asosan ushbu qarzdorlik asossiz deb topildi. Fuqoro tomonidan bugungi kunga qadar foydalangan elektr energiyasi uchun 1 900 000 soʻm pul mablagʻi qayta hisob kitob qilinib toʻlandi va yangi elektr hisoblagich oʻrnatib berildi. Natijada, iste'molchining 13 567 050 soʻm noreal qarzdorligi bartaraf etilishiga erishildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00