Mingbuloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga shu yilning 27-mart kuni tumandagi Oybek MFY da yashovchi fuqaro F.U. yozma ariza bilan murojaat qilgan.
Unda keltirilishicha, fuqaro “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali “Mingbuloqtumangaz” GTBga foydalanilgan tabiiy gaz uchun to’lovlarni vaqtida amalga oshirib kelishiga qaramay, uning telefon raqamiga qarzdorlik bo'yicha SMSlar kelavergan.
Holat yuzasidan jamiyat xodimlari “Mingbuloqtumangaz” gaz ta’minoti bo’limida o’rganish ishlarini olib bordi. Natijada, 1 060 200 so’m miqdordagi haqdorlik aniqlanib, fuqaroning hisobraqamiga o’tkazib berildi.