Telegram-bot Virtual qabulxona

13.06.2024

BYD avtomashinasi o'z egasiga yetkazildi

2024-yilning 22-may sanasida Toshkent viloyati Zangiota  tumanida yashovchi B.B. Toshkent shahar hududiy birlashmasiga murojaat qilgan.

Murojaat mazmuniga koʻra, fuqaro Yashnobod  tumani "Alimkent"  koʻchasida joylashgan “Asia Alliance Motors” avtosalonidan BYD mashinasini xarid qilish maqsadida 365 400 000 so'm to'lovni amalga oshirgan. Salon xodimlari tomonidan avtomashina 2 oy davomida iste'molchiga yetkazilishi to'g'risida ma'lumot berilgan, ammo avtomashina o'z vaqtida yetkazib berilmagan.

Murojaat Yashnobod tuman jamiyati tomonidan o'rganildi. Natijada, fuqaro murojaati ijobiy hal etilib, BYD avtomashinasi iste'molchiga olib berilishiga erishildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00