
31.10.2023
Zarafshon shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro B.Q. tomonidan murojaat kelib tushgan.
Unda keltirilishicha, fuqaro Zarafshon shahrida joylashgan “Ishonch” savdo do‘konidan 1 300 000 so‘mga go‘sht qiymalagich sotib olgan, ammo u yaxshi ishlamaganidan norozi bo'lgan.
Murojaat jamiyat xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi va savdo do‘koni rahbariyati hamda ishchi xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qununing tegishli moddalari tushuntirib o‘tildi. Shundan so‘ng, ushbu go‘sht qiymalagichning kamchiliklari servis tomonidan bepul bartaraf etilib, fuqaroga ishchi holatida topshirildi.