Telegram-bot Virtual qabulxona

04.06.2024

Asossiz ushlab qolingan pul mablagʻi isteʼmolchiga qaytarildi

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya Namangan tumani ijro etuvchi apparatiga "Past Qiyot" MFY "Bunyodkor" koʻchasida yashovchi fuqoro A. J. tomonidan murojaat kelib tushgan.

Murojaat mazmuniga koʻra, fuqoro  turmush oʻrtogʻi X. I. nomiga "Trastbank" XAB Namangan filialidan kredit mablagʻi olganligini va oylik kredit to'lovini amalga oshirgan bo'lsa-da, kafil F.B.ning shaxsiy plastik kartasidan ham 1 043 550 soʻm pul mablagʻi yechib olinganligini ma'lum qilib, jamiyatdan amaliy yordam berilishi so'ragan.

Murojaat Namangan tumani ijro etuvchi apparati xodimlari tomonidan oʻrganib chiqildi. Oʻrganish natijasida, fuqaro X. I. nomiga haqiqatan ham "Trastbank" XAB tomonidan kredit mablagʻi ajratilganligi va kafil F. B.ning shaxsiy plastik kartasidan pul mablagʻi yechib olinganligi maʼlum boʻldi. Mas'ullarga olib borilgan tushuntirishlar natijasida, murojaatchining 1 043 550 soʻm pul mablagʻi qaytarib berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00