Telegram-bot Virtual qabulxona

06.03.2023

Avtomashinasi o'z vaqtida yetkazib berilmagan fuqaro muammosi hal etildi

Farg'ona viloyati Buvayda tumani "Nayman" QFYda yashovchi fuqaro X.A. Qo‘qon shahar Furqat ko‘chasida joylashgan “Avtotexxizmat” MCHJ ga qarashli avtosalondan xarid qilgan avtomashinasini o‘z vaqtida ola olmayotgani yuzasidan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ishonch telefoniga murojaat qilgan.

Ushbu murojaat Qo‘qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganildi. Ma'lum bo'lishicha, fuqaroning otasi nomiga “LACETTI L-ELEGANT/AT PLUS” rusumli avtomashina sotib olish uchun “Avtotexxizmat” MCHJ bilan shartnoma tuzilgan va unga ko'ra, fuqaro tomonidan avtomashina umumiy qiymatining 50 foiz miqdorida to‘lov qilingan. Ammo shartnomada avtomashinani yetkazib berish muddati 2022-yil dekabr oyi deb belgilangan bo‘lishiga qaramay, shu kunga qadar avtomobil o'z egasiga yetib bormagan.
 
Jamiyat aralashuvi natijasida, iste'molchining murojaati qanoatlantirilib, “LACETTI L-ELEGANT/AT PLUS” rusumli avtomashina fuqaroga yetkazib berilishi ta'minlandi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00