
07.10.2024
Maishiy texnikalar insoniyat hayotidan shunchalar chuqur joy egallaganki, xo‘jalikda ularning o‘rni beqiyos. Bugun har bir oila oshxonasida muzlatgichlarning turli dizayn va rusumlisini topish mumkin.
Jumladan, Olot tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro R.M. ham tuman markazidagi maishiy texnika savdo do‘konidan 6 200 000 so‘m evaziga muzlatgich xarid qilgan. Xo‘jaligida foydalanish jarayonida nosozliklar aniqlangan, savdo xodimlari esa ushbu kamchiliklarni bartaraf etishdan bosh tortgan.
Iste’molchi o‘z huquqlarini to‘liq anglagan holda, Buxoro viloyat iste’molchilar huquqlarni himoya qilish hududiy birlashmasiga og‘zaki murojaat qoldiradi. Olot tuman jamiyati xodimlari murojaatni sifatli o‘rganishi ortidan nosozliklar kafolat muddati doirasida bartaraf etilib, murojaat ijobiy hal etildi.