
29.01.2024
Shahrisabz shahar "Qushxona" mahallasida yashovchi J.I. eshik yasash bilan shugʻullanuvchi xususiy tadbirkordan 4 dona eshikni 3 million 910 ming soʻmga xarid qilgan. Eshiklardan birini yashab turgan uyiga oʻrnatgach, uning sifatsizligi ma'lum bo'lgan. Oradan bir necha oy oʻtgach, eshikning bezak va boʻyoqlari koʻchib, butunlay yaroqsiz holga kelib qolgan.
Iste'molchining bu haqdagi murojaati sotuvchi tomonidan e'tiborsiz qoldirilgach, amaliy yordam ko'rsatilishini soʻrab, Shahrisabz shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Murojaat oʻrganilib, sotuvchiga iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga oid amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi va sifatsiz eshiklar uchun toʻlangan mablagʻ iste'molchiga toʻliq qaytarilishi ta'minlandi.