Telegram-bot Virtual qabulxona

09.08.2024

Nosoz "iPhone" puli iste'molchiga qaytarildi

O‘zbekiston tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tumanning "Namuna" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi F.T.ning xarid qilingan mobil telefondan kafolat muddati davrida nuqsonlar kuzatilgani hamda sotuvchi uni bepul ta'mirlab yoki yangisiga almashtirib bermaganligi sabab qilgan murojaati o‘rganildi.

Iste'molchiga ko‘ra, u tuman hududida yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan S.A. ga qarashli savdo do‘konidan IPHONE 14 PRO rusumli mobil telefonni 8 590 000 so‘mga xarid qilgan. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay, telefonda nuqsonlar kuzatilib, yaxshi ishlamay qolganidan so‘ng, sotuvchiga bu boradagi e'tirozlarini bildirgan bo‘lsa-da, murojaati ijobiy yechim topmagan.

Tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan murojaatni o‘rganish jarayonida sotuvchi S.A.ga O‘zbekiston Respublikasi “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining 13-17 moddalari bo‘yicha tushuntirishlar berilgach, sifatiga e'tiroz bildirilgan tovar uchun to‘langan pul summasi iste'molchiga qaytarildi. 

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00