
03.11.2023
Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Qashqadaryo viloyati hududiy birlashmasi Kengashining navbatdagi yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Kengash yigʼilishida Qashqadaryo viloyatida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, aholining isteʼmol madaniyatini oshirish va sohada jamoatchilik nazoratini yana-da kuchaytirish borasida 2023-yilning oʼtgan 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy koʼrib chiqildi.
Xususan, viloyatda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga isteʼmolchilar tomonidan 1037 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularning 242 tasi yozma, 765 tasi ogʼzaki, 30 tasi elektron shaklda boʼlib, barcha arizalar tegishli tartibda oʼrganib chiqilgan.
Hisobot davrida hududiy birlashma va uning tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan murojaatlar sohalar kesimida koʼrib chiqilib, isteʼmolchilar manfaatlariga yetkazilgan 4 943 753 896 (toʼrt milliard toʼqqiz yuz qirq uch million yetti yuz ellik uch ming sakkiz yuz toʼqson olti) soʼm moddiy va maʼnaviy zararlar qayta hisob-kitob qilinishi va undirib berilishi taʼminlangan.
Shuningdek, joriy yil davomida 81 ta murojaat yuzasidan isteʼmolchilarga yetkazilgan zararlarni undirish yuzasidan fuqarolik ishlari boʼyicha sudlarga daʼvo arizalari kiritilib, isteʼmolchilar manfaatlariga yetkazilgan 2 407 408 400 soʼm zararlar sudlar orqali undirilgan.