Telegram-bot Virtual qabulxona

21.02.2023

Sifatsiz chiqqan maishiy texnikalar yangisiga almashtirib berildi

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani "Ko‘chkak" qishlog‘ida yashovchi fuqaro A.F. Qarshi shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga ariza bilan murojaat qilib, Qarshi shahrida joylashgan “Idea” savdo do‘konidan 24 oy mobaynida bo‘lib to‘lash sharti bilan jami 7 million 8 ming so‘mga turli xil maishiy texnika vositalari xarid qilgani, biroq sotib olingan mahsulotlardan 4 million 344 ming so‘mlik  “Shivaki” rusumli kir yuvish mashinasi nosoz chiqqani, sotuvchilar esa buzilgan texnika vositasini boshqasiga almashtirib bermaganini ma’lum qilgan.

Samarqand viloyati Jomboy tumani A.Navoiy MFY da yashovchi S.R ning O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ishonch telefoniga qilgan murojaatiga ko'ra, fuqaro Samarqand shahridagi “Marmar bozor” (xalq tilida Kritirinik) MCHJ hududidagi savdo do‘konidan 1470 dollarga maishiy texnikalarni 3 yillik kafolati bilan xarid qilgan. Ko‘p vaqt o‘tmay, mazkur texnikalarda nuqsonlar aniqlangach, mahsulotni qaytarib berib, to‘langan pulni olishda muammolar yuzaga kelgani sababli amaliy yordam so‘ragan.

Ushbu murojaatlar tegishliligi bo'yicha o'rganilib, jamiyat mutaxassislari tomonidan sotuvchilarga amaldagi iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik talablari tushuntirildi va fuqarolar xarid qilgan barcha nosoz maishiy texnika vositalari yangisiga almashtirib berilishi ta'minlandi.

 

 

 

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00