Telegram-bot Virtual qabulxona

01.05.2023

14 million 300 ming so'mlik mebellar to'plami sifatlisiga almashtirildi

Toshloq tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga "Shodlik" mahallasida yashovchi fuqaro A.I. yozma murojaat yo'llagan.

Unda keltirilishicha, iste'molchi Yozyovon tumanida joylashgan kredit savdo do‘konidan muddatli to'lov sharti bilan 14 million 300 ming so‘mga mebellar to‘plamini xarid qilgan. Lekin xonadonga keltirilgan yotoqxona va oshxona mebellari to‘plamida nuqsonlar mavjud ekani ma'lum bo'lgan.

O‘zbekiston Respublikasining "Iste'molchilarning  huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonuni 13-moddasiga ko‘ra, bunday holatda iste'molchi nuqsonli tovarni almashtirishni talab qilishga haqli. Uning tanloviga ko‘ra, to‘plam tarkibiga kiruvchi bittagina buyumning nuqsoni aniqlanishi ortidan, to‘plamni butunlay almashtirish bo‘yicha yoki o‘sha nosoz buyumning o‘zinigina almashtirib berilishi bo‘yicha talab qo‘yish mumkin.

Murojaatni o‘rganish doirasida tomonlarga qonunning ushbu talablari tushuntirildi. Natijada, nuqsonli mebellar to'plami maqbul sifatdagisiga almashtirib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00