Telegram-bot Virtual qabulxona

21.08.2023

Iste`molchilarning huquqlari qonun himoyasida

Doʻstlik tuman Gʻafur Gʻulom MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro D.Gʻ. konditsioner motorini sotib olish uchun markaziy bozor hududidagi doʻkonga oldindan 1 200 000 (bir million ikki yuz ming) soʻm pul toʻlaydi. Sotuvchi kelishilgan bitimni buzib, ehtiyot qism oʻz narxidan qimmat bahoda sotilayotganligi yana qoʻshimcha toʻlov qilishi lozimligini aytadi. Iste’molchi kelishuv buzilganidan norozi boʻlib, oʻz pul mablagʻini qaytarib berishlarini soʻraydi.

Mijozning talabi qondirilmagach, u iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qiladi. Mutasaddilar tomonidan holat oʻrganilib, motor uchun toʻlangan pul toʻliq ravishda egasiga qaytarib olib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00