Telegram-bot Virtual qabulxona

15.08.2023

10.800.000 soʻm noreal qarzdorlik bartaraf etildi

Kattaqoʻrgʻon tuman jamiyatiga “Yangiqoʻrgʻon” MFY da yashovchi fuqaro O.X nomidan murojaat kelib tushdi. Murojaatga ko`ra, fuqaro xonadoni tabiiy gaz taʼminotidan 10.800.000 soʻm miqdorida qarzdorligi bois tarmoqdan uzilgan. Ushbu qarzdorlik noreal ekanligi yuzasidan fuqaro koʻp marotaba gaz taʼminoti korxonasi xodimlariga murojat qilgan ammo, muammo oʻz yechimini topmagach. Kattaqoʻrgʻon tuman jamiyatiga yozma ariza qoldirishga majbur bo`lgan.

Holat boʻyicha jamiyat mutaxassislari vakolat doirasida oʻrganib chiqib, fuqaro O.X ning nomidan noreal qarzdorligi toʻliq oʻchirilib tarmoqqa qayta ulanishi taʼminlandi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00