Telegram-bot Virtual qabulxona

10.02.2023

1 mln 100 ming so'mlik sifatsiz telefon puli iste'molchiga qaytarildi

Buxoro viloyat Qorakoʻl tumanida yashovchi fuqaro N.N O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa ishonch telefoniga murojaat qilgan.

Unga ko'ra, fuqaro joriy yilning yanvar oyida Qorakoʻl tuman bozoridan REDMI A9 mobil telefonini 1 100 000 soʻmga xarid qilgan. Koʻp oʻtmay 1 oy kafolat muddati bilan berilgan telefon sifatsiz ekani ma'lum bo'lgan.

Qorakoʻl tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas'ul xodimlari tomonidan holat oʻrganilib, iste'molchi to'lagan summa egasiga to'liq qaytarildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00