Telegram-bot Virtual qabulxona

28.08.2023

Iste`molchi sarsongarchiligiga chek qo`yildi

Uzoqni yaqin, mushkulni oson qilishda elektroskuterlarning yordami begʻaraz boʻlmoqda. Navbatdagi murojaatchi ham yakka tartibdagi tadbirkorligini rivojlantirish uchun skuter sotib olgan edi. Afsuski, iste’molchi Sarvar Ibragimov "ТЕХНО ПРО" doʻkonidan xarid qilgan 4 000 000 (toʻrt million) soʻmlik mahsulot nosoz chiqdi. Ertasi kuni sotuvchiga borib ahvolni tushuntirgandan soʻng ta’mirlab berdi. Ammo, ta’mirlangandan soʻng ham uzoqqa bormay, oʻsha kunning oʻzidayoq buzilib qoldi. Jigʻibiyron boʻlgan iste’molchi doʻkonga borib skuterni qaytarishini aytdi va bergan pulini talab qildi. Talabi qondirilmagach, oʻz huquqidan foydalangan holda Jizzax shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga kelib ariza qoldirdi.

Mutaxassislar murojaatni oʻrganib, ikkala tomonni tinglab masalani ijobiy hal qildilar.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00