Telegram-bot Virtual qabulxona

15.12.2021

Gaz plitasi taʼmirlab berildi

Buxoro viloyati Kogon tuman Tutkunda MFYda yashovchi fuqaro J.Z. tomonidan Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi ishonch telefoni orqali murojaat kelib tushgan.
Qayd etilishicha, fuqaro 2019-yilning dekabr oyida Buxoro shahar markaziy dehqon bozorida joylashgan maishiy texnika doʻkonidan 2 300 000 soʻmga “Ferri” rusumli gaz plitasini xarid qilganini, ammo xarid qilingan gaz plita eshigining himoya rezinasi boʻlmaganligi, isteʼmolchi tadbirkorga bir necha murojaat qilgan boʻlsada,  shu kungacha turli bahonalar bilan aldab kelayotganidan noroziligini bildirgan.
Murojaat Federatsiyaning Buxoro shahar jamiyati xodimlari tomonidan joyida oʻrganilishi natijasida, muammo zudlik bilan ijobiy hal etilishiga erishildi


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00