17.08.2023
Uzoqni yaqin qiladigan mototexnika vositalariga ichki bozorda talabning keskin oshganligi sababli ularni dunyoning turli davlatlaridan Oʼzbekistonga importi ham sezilarli ortib bormoqda. Аyrim hollarda mototexnika vositalaridagi nosozliklar koʼzga tashlanib, sotuvchi va isteʼmolchi oʼrtasidagi tushunmovchiliklarning yuzaga kelayotganligi ham bor gap.
Buxoro tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro H.M Buxoro shahrida joylashgan "Munis Fayz mebel" MChJga qarashli savdo doʼkonidan 6 808 000 soʼm evaziga skuter xarid qilgan. Аmmo qisqa muddatda qator nosozliklar kuzatilgan. Sotuvchi bilan murosaga kela olmagach, amaliy yordam soʼrab Buxoro viloyat isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi ishonch telefoni orqali murojaat qoldiradi.
Buxoro shahar jamiyati xodimlari murojaatni oʼrganib chiqib, skuter servis tomonidan nosoz degan xulosa olingach sotuvchiga maʼlum qilingan. Qonuniy tushuntirishlar berilgach, skuter tez fursatda bepul taʼmirlab berildi. Isteʼmolchi soha vakillaridan minnatdor.