Telegram-bot Virtual qabulxona

04.04.2022

“Aqlli” hisoblagichlar ham adashmoqdami? yohud “Hududgaztaʼminot” bilan bogʻliq muammolar

 Uzun tumani Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumandagi “Qarashik”  mahallasida yashovchi fuqoro Xudoyberdiyeva Farida istiqomat qilib kelayotgan uyidagi gaz uchun toʻlaydigan hisob raqamiga  tuman Gaz taminoti tomonidan kelgan 2958  804 soʻm qarzdorlik toʻgʻrisidagi maʼlumotdan norozi ekanligini bildirib, ariza qoldirgan. Ariza jamiyat xodimlari tomonidan oʻrganilib, ijobiy hal etildi. Oʻrganish ishlariga koʻra isteʼmolchi F.Xudoyberdiyevaning xonadonidagi gaz hisoblagich va toʻlovlari qayta hisob-kitob qilinganda uning qarzdorligi yoʻqligi maʼlum boʻldi. Isteʼmolchi uning murojaatini eʼtibordan chetda qoldirmay, ijobiy hal etishganidan minnatdor. Gaz taʼminotidagi noreal qarzdorlik bilan bogʻliq bunday holatlar respublikamizning barcha hududlarida uchrab turadi.

  Oltiariq tumani “Mirfozil” mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi T.Madaminova ham xonadonida foydalanilgan tabiiy gaz uchun hisoblanayotgan qarzdorlikka aniqlik kiritib berilishini soʻrab, Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 raqamli yagona ishonch telefoniga qilgan murojaati oʻrganildi. Murojaat tuman gaz idorasi mutaxassislari hamkorligida oʻrganilganda, xonadon gazlashtirilganligi, foydalanilgan gaz sarfini hisoblab borish uchun zamonaviy elektron ASKUG gaz hisoblash uskunasi mavjudligi, hisoblagichning muhrlari joyidaligi kuzatildi.

Xonadonning foydalanilgan tabiiy gaz uchun toʻlangan toʻlovlari “Billingaz” dasturi boʻyicha qayta hisob-kitob qilinganida, 2022- yil 26 -mart kuniga hisoblagich koʻrsatkichi 304 kub metrni tashkil qilayotganligi, mazkur koʻrsatkichga nisbatan amalga oshirilgan toʻlovlar boʻyicha esa xonadonda qarzdorlik emas 40 000 soʻm haqdorlik mavjudligi aniqlandi.

Yana shunday murojaatlardan biri Buxoro viloyati, Shofrikon tuman “Xorin” MFY “Navroʻz” qishlogʻida yashovchi fuqaro I.M Shofirkon tumani jamiyatiga murojaat qilib, xonadonida 4 kundan beri tabiiy gaz kelmayotganligini hamda Tumangazga bir necha bor murojaat qilganligini, ammo Tumangaz xodimlariga qilgan murojaatlari eʼtiborsiz qoldirilib kelinganidan noroziligini bildiradi.

Ushbu murojaat Shofirkon tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari va “Xorin” MFY Navroʻz qishlogʻi vakili S.Boʻronov bilan birgalikda joyiga chiqib oʻrganildi, oʻrganishlar jarayonida haqiqatdan ham isteʼmolchi yashaydigan qishloqda tabiiy gaz bosimi past ekanligi maʼlum boʻldi va Tumangaz taʼminoti tomonidan “Navroʻz” qishlogʻidagi gaz taqsimlash (GRP) orqali gaz bosimi koʻtarildi, muammo zudlik bilan ijobiy hal etildi, yaʼni isteʼmolchining xonadoniga tabiiy gaz bir meʼyorda yetkazib berilishi taʼminlandi.

Isteʼmolchi murojaati eʼtiborsiz qolmaganidan va ijobiy hal etilganidan xursand boʻlib federatsiya xodimlariga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00