Telegram-bot Virtual qabulxona

25.01.2024

5 yarim million so‘m o'z egasiga qaytarildi

Federatsiyaning Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi tomonidan Quvasoy shahar G‘.G‘ulom ko‘chasida yashovchi R.O.ning Farg‘ona shahridagi yirik supermarketlarning biridan xarid qilgan kir yuvish mashinasining nuqsonli chiqqanligi va pulini qaytarib olishida amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati o‘rganildi.

Iste'molchining ma'lum qilishicha, u 2023-yilning 30-dekabr kuni Farg'ona shahrida joylashgan "Media Park" (Atlas) savdo majmuasidan 5 579 000 so‘mga "Samsung" rusumli kir yuvish mashinasi xarid qilgan. Undan xonadonda foydalanish jarayonida nuqsonlar aniqlangach, sotuvchiga ma'lum qilganida, bu borada servis kompaniyasiga murojaat qilishi to‘g‘risida javob olgan. Xaridor kir yuvish mashinasining hujjatlari (kafolat daftarchasi) sotuvchi tomonidan to‘liq rasmiylashtirib berilmagani oqibatida, servis kompaniyasiga murojaat qila olmagan. So'ng, vaziyatni sotuvchiga tushuntirib, pulini qaytarib berishlarini so'ragan, lekin uning mazkur talabi qanoatlantirilmagan.

Hududiy birlashma mutaxassislari tomonidan murojaatni o‘rganish davomida sotuvchiga amaldagi qonunchilik talablarini o‘zida aks ettirgan so‘rov xati kiritildi. Iste'molchining huquqlari va unga ushbu huquqlarini to‘laqonli amalga oshirishida to‘sqinlik qilinishi natijasida kelib chiquvchi huquqiy oqibatlar tushuntirildi. Natijada, nuqsonli tovar sotuvchiga qaytarilib, pul mablag‘larini iste'molchiga to‘liq hajmda qaytarilishiga erishildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00