Telegram-bot Virtual qabulxona

14.01.2025

Nosoz muzlatgich puli o'z egasiga qaytarildi

Sh. Rashidov tumani "Ko‘rpasoy" qishlog‘ida yashovchi fuqaro J.T. Jizzax shahridagi ZЕBO savdo markazidan 3 000 000 so‘mga muzlatgich xarid qilgan. Ammo uyga borib ishlatib ko‘rsa, mahsulot nosozligi ma’lum bo‘lgan. Do‘konga qaytib, holatni tushuntirishiga qaramay, sotuvchidan «bizda sotilgan tovarlar qaytarib olinmaydi va almashtirilmaydi», degan javobni olgan. Murojaatchi servis markaziga borib, muzlatgichni ta’mirlab berishlarini so‘rasa, mutaxassislar muzlatgichni do‘konga qaytarishini, zavod tomonidan kamchiliklar aniqlanganligini ma’lum qilishgan. 

Iste’molchi o‘z haq huquqlaridan foydalangan holda, Jizzax shahar IHHQ jamiyatiga ariza yozib, mazkur masalada amaliy yordam so‘raydi. Mutasaddilar shu kunning o‘zida arizani qonun doirasida o‘rganib chiqib, nosoz muzlatgich puli xaridorga to‘liq qaytarildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00