Telegram-bot Virtual qabulxona

03.05.2023

31 million so'mdan ortiq noreal qarzdorlik bartaraf etildi

Qashqadaryo viloyati Koson tumani "Xoʼjaquduq" mahallasida yashovchi Z.P. federatsiyaning ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.

Ma'lum bo'lishicha, Koson tuman elektr taʼminoti korxonasi tomonidan murojaatchi xonadonida suv nasosidan foydalanilgani uchun asossiz qarzdorlik hisoblangan. Ammo fuqaro elektr energiyasidan alohida abonent hisobraqami ochgan holda hisoblagich orqali foydalanib kelgan va toʼlovlarni oʼz vaqtida amalga oshirgan. Tuman elektr taʼminoti idorasi esa suv nasosi ishlatilganligini sabab qilib, 31 million 647 ming soʼm noreal qarzdorlik hisoblagan. Bundan tashqari, mazkur qarzdorlikni isteʼmolchidan majburiy tartibda undirish toʼgʼrisida shu yilning 13-mart kuni fuqarolik ishlari boʼyicha Koson tumanlararo sudining buyrugʼi chiqarilgan.

Murojaatni oʼrganish jarayonida isteʼmolchi xonadoniga elektr energiyasi boʼyicha hisoblangan qarzdorlik asossiz ekani, yaʼni hisoblagich koʼrsatkichlaridan ortiqcha hisoblangani aniqlandi. Natijada, qarzdorlikni majburiy undirish toʼgʼrisidagi sud buyrugʼi bekor qilinib, 31 million 647 ming soʼm noqonuniy qarz isteʼmolchining hisobidan chiqarildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00