Telegram-bot Virtual qabulxona

20.12.2021

ISTEʼMOLCHI HUQUQLARI QONUN HIMOYASIDA

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi “1091” ishonch telefoni orqali Navoiy shahrida yashovchi fuqaro  G.Safarova tomonidan murojaat kelib tushdi.
Qayd etilishicha, isteʼmolchi joriy yilning 20-sentyabr kuni Navoiy shahar markazida faoliyat olib boruvchi mebel yasash sexiga kiyim javoni yasab berishini soʻrab murojaat qilgan va buyurtma uchun 1.500.000 soʻm toʻlov amalga oshirgan. Biroq, oradan ikki oy vaqt oʻtgan boʻlsada, mebel olib kelib berilmagan. Holat yuzasidan bir necham arotaba tadbirkorga murojaat qilgan boʻlsada, hech qanay oʻzgarish boʻlmaganini aytib oʻtgan. 
       Murojaat oʻrganilishi natijasida, mebel uchun toʻlangan 1.500.000 soʻm mablagʻ isteʼmolchiga qaytarilishiga erishildi.
Shuningdek, Denov tumanida yashovchi fuqaro A.Sherdanov oʻz murojaatida, xonadoniga yangi hisoblagich oʻrnatilgani, biroq, elektr tarmogʻidan oʻzib qoʻyilganidan noroziligini bildirgan.
Murojaat oʻrganilishi natijasida, xonadonning eksi hisoblagich boʻyicha kompyuter bazasida 500 ming soʻm qarz qolib ketgani sabab uzib qoʻyilgani maʼlum boʻldi. Isteʼmolchining toʻlov kvitansiyalari va kompyuterdagi baza tekshirilganda esa, hech qanday qarz yoʻq ekani, 500 ming soʻm mablagʻ esa bazaga kiritilmasdan qolib ketgani maʼlum boʻldi. Natijada, noreal qarzdorlik isteʼmolchi gardanidan olib tashlanishiga erishildi.
Yana bir murojaat, Fargʻona viloyati Yaypan shahrida yashovchi fuqaro D.Ubaydullayev tomonidan kelgan boʻlib, qayd etilishicha, “Kumbosti” mahallasida faoliyat olib boruvchi maishiy savdo doʻkonidan 3.000.000 ( uch million) soʻm evaziga “Biryusa” markali muzlatgich sotib olgan, oradan ikki oy oʻtar oʻtmas esa, muzlatgich ishlamay qolganini aytib oʻtgan.
Murojaat oʻrganilishi natijasida, murojaat isteʼmolchi foydasiga hal etilishiga erishildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00