Telegram-bot Virtual qabulxona

08.11.2024

1 250 000 so‘mlik nosoz elektr suv isitgich sifatlisiga almashtirib berildi

2024-yilning 27-oktyabr kuni Navoiy viloyati Navbahor tumani "Ezgulik" MFYda yashovchi fuqaro J.A. Navoiy shahrida joylashgan “Darxon” savdo majmuasi 73-savdo do‘konidan narxi 1 250 000 so‘m bo'lgan elektr suv isitgich qozoni (ariston) xarid qilgan. Ammo uyiga olib borib o‘rnatish vaqtida uning nosoz ekanligi ma’lum bo‘lgan. Iste'molchi uni do‘konga qaytarib olib borganida sotuvchi mahsulotni boshqasiga almashtirib ham, ta'mirlab ham berilmasligini aytgan.
 

Mazkur murojaat Navoiy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan do‘konda o‘rganish ishlari olib borilib, sotuvchiga fuqaroning iste’molchi sifatida huquqlari, qonunchilik talablari tushuntirib o‘tildi. Natijada, fuqaroning nosoz aristoni savdo do‘koni tomonidan sifatlisiga almashtirib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00