Telegram-bot Virtual qabulxona

23.07.2024

Salkam 13 million so'mlik nosoz havo sovutgich bepul ta'mirlab berildi

Gʼijduvon tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro R.Sh. muddatli toʼlov asosida "Garant" savdo doʼkonidan 12 798 000 soʼm qiymatga ega havo sovutgichni xarid qilgan. Аmmo oradan koʼp vaqt oʼtmasdan, unda nosozlik yuzaga kelgan. Servis tomonidan bepul taʼmirlash ishlari amalga oshirilmagach, amaliy yordam soʼrab, Buxoro viloyat isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasiga ariza qoldirgan.

Gʼijduvon tuman jamiyati xodimlari tomonidan murojaat joyiga chiqib oʼrganilib, masʼullarga tegishli tushuntirishlar berilgach, nosozlik yuzaga kelgan sovutgich servis tomonidan kafolat muddati doirasida bepul taʼmirlab berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00