03.05.2023
Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga "Moybuloq" MFYda yashovchi S.O. tomonidan yozma murojaat kelib tushgan.
Unda bayon etilishicha, fuqaroning 2021-2022-yillarda ta'biiy gaz uchun to'lagan jami 1 800 000 soʻm mablagʼi tumanning hududgaztaʼminot korxonasidagi isteʼmolchi abonent hisobraqamiga kelib tushmagan.
Jamiyat mutaxassislarining oʻrganish ishlari davomida murojaatchining e'tirozi o'z tasdig'ini topdi. Korxona rahbariyatiga amaldagi qonun talablari tushuntilishi natijasida, 1 million 800 ming so'm mablagʻ fuqaroning hisobraqamiga to'liq tushirib berildi.