
19.06.2023
Shu yilning 14-iyun kuni Navoiy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga "Istiqlol" ko‘chasi 3/23-xonadonda yashovchi fuqaro A.Gʻ. tomonidan yozma murojaat kelib tushgan.
Unda bayon etilishicha, fuqaro Navoiy shahrida joylashgan “Orom Kafil” savdo markazidan 2 600 000 so‘mga qurilish kafellari sotib olgan, ammo ular sifatsiz bo'lib chiqqan.
Fuqaro murojaati jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, savdo markazi ma'muriyatiga iste’molchi huquqlari tushuntirildi. Natijada, sifatsiz chiqqan qurilish kafellari yangisiga almashtirib berildi.