Telegram-bot Virtual qabulxona

28.01.2025

Sifatsiz mahsulot puli iste'molchiga qaytarildi

Marg‘ilon shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Farg‘ona tumanida yashovchi X.S.ning buyum bozori hududidagi do‘kondan 2 500 000 so‘mga sotib olgan ehtiyot qismlarini sifatsiz chiqqanligi sababidan ularni sotuvchiga qaytarib, pulini qaytarib olishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali qilgan murojaati o‘rganildi.

Iste'molchiga ko‘ra, u shahardagi "Ipakchilar buyum bozori" hududida joylashgan ehtiyot qismlar bilan savdo qiluvchi do‘kondan stanokda metall buyumlarga iz (rez'ba) chiqarishga xizmat qiluvchi detallarni xarid qilgan. Lekin detallar sifatsizligi ma'lum bo‘lgach, ularni sotuvchiga qaytarish, almashtirib olish yoki pulini qaytarib olish bo‘yicha qilgan sa'y-harakatlari samara bermagan. 

Murojaat shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilishi jarayonida sotuvchi bilan olib borilgan tushuntirish ishlari davomida u amaldagi qonunchilik talablari ijrosiga tayyorligini, sotilgan ehtiyot qismlarini qaytarib olib, pullarni iste'molchiga qaytarishini ma'lum qildi. Iste'molchiga sifatsizligi da'vo qilingan tovarlarni sotuvchi qo‘liga topshirishi bilan pullarini qaytarib olishi mumkinligi tushuntirilib yozma javob xati yuborildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00