Telegram-bot Virtual qabulxona

13.12.2024

Gaz ta'minotidan salkam 5 million so'm qarz sud orqali bekor qilindi

Koson tumanida yashovchi fuqaro M.D. tabiiy gazdan amaldagi qonun talablariga muvofiq, alohida abonent raqami ochgan holda hisoblagich orqali foydalanib kelgan. Ishlatilgan gaz sarfi uchun to'lovlar ham o'z vaqtida amalga oshirib kelingan. Biroq tuman gaz idorasi tomonidan fuqaroning xonadoniga sarflangan gaz sarfi hisoblagich ko'rsatgichi asosida emas, amaldagi tarifga muvofiq hisoblanishi oqibatida asossiz qarzdorlik yuzaga kelgan. Fuqaro esa mazkur qarzdorlikni qayta hisob-kitob qilishda amaliy yordam so'rab tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat etadi.

Mazkur murojaat amaldagi “Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari” talablariga muvofiq tegishli soha mutaxassislarini jalb etgan holda o'rganildi. O'rganish jarayonida tuman gaz idorasi tomonidan hisoblagich ko'rsatgichlarini inobatga olmasdan asossiz ravishda tarif asosida to'lovlar hisoblanishi oqibatida 4 million 750 ming so'm qarzdorlik chiqarilganligi aniqlandi.

Murojaatni o'rganish natijasiga ko'ra, iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan asoslantirilmagan holda hisoblangan qarzdorlikni bekor qilish to'g'risida fuqarolik ishlari bo'yicha Koson tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritildi. Sud tomonidan mazkur qarzdorlik g'ayriqonuniy deb topilib, “Billing Gaz” dasturidan chiqarish majburiyatini yuklatish to'g'risida hal qiluv qarori chiqarildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00