Telegram-bot Virtual qabulxona

15.09.2021

Federatsiya va “Artel” kompaniyasi vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Xoʻsh nimalar oʻzgardi?

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va “Artel” kompaniyasi vakillari oʻrtasida isteʼmolchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni oʻz vaqtida va sifatli koʻrib chiqish hamda ijobiy hal qilish masalalariga bagʻishlangan amaliy uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Qayd etish joizki, “Artel Electronics” kompaniyasi Oʻzbekistondagi xususiy ishlab chiqarish kompaniyalari orasida ilk bor Fitch Ratings xalqaro kredit agentligidan “B” istiqbol reytingini qoʻlga kiritdi.
Artelga 2011-yilda asos solingan boʻlib hozirgi vaqtda keng assortimentdagi maishiy texnikalar va elektr jihozlar ishlab chiqarayotgan oʻzbek kompaniyasi sanaladi. Korxona Oʻzbekistonda 10 mingdan ortiq ish oʻrni yaratgan. Artel oʻz mahsulotlarini MDH va Yaqin Sharq mintaqasidagi 20 dan ortiq mamlakatlarga eksport qiladi. Samsung hamda Viessmann kabi dunyoga mashhur ishlab chiqarish kompaniyalarining hududiy hamkori sanaladi. Bu oʻz oʻrnida kompaniyaning iqtiqbolidan dalolat beradi.
Bugungi kunda “Artel” brendi ostida ishlab chiqarilayotgan maishiy texnika vositalari Respublika doirasida eng koʻp xarid qilinayotganligi mahsulotning xamyonbop ekanligidadir. Biroq, Federatsiyaga mazkur brend ostida ishlab chiqilgan mahsulotlar bilan boqliq kelib tushayotgan murojaatlar ham talaygina.
Xoʻsh, kompaniya bunga qanday munosabat bildiradi?
Federatsiya va “Artel” kompaniyasi oʻrtasida oʻtkazilgan uchrashuvda isteʼmolchilar va kompaniya oʻrtasida koʻprik yaratish, shuningdek, kelgusida amalga oshiriladigan hamkorlik masalalari borasida fikrlar almashildi.
Shuningdek, isteʼmolchilarga qulaylik yaratish maqsadida, “Bir murojaat – bir yechim” tamoyili asosida murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi muhokama qilindi.
Bundan tashqari, Federatsiya raisi oʻrinbosari I.Tagayev “isteʼmolchi qachon bizdan rozi boʻladi, qachonki unga sifatli mahsulot va sifatli xizmat bera olsak. Uni vaqti va mablagʻini tejasak, bu esa kelgusida qilinajak ishlarimizning asosiy tamoili, bosh maqsadi sifatida qarashimiz kerak” deya oʻz taklif va tavsiyalari bilan oʻrtoqlashdi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00